Mazkur sayt Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi buyurtmasi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida bajarilgan AL-8624042651-sonli “Oʻzbekiston aholisi 2050-yilgacha prognozining GAT texnologiyasiga asoslangan xaritasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning 2050-yilgachagi aholi soni va geografik taqsimotini aniq va ishonchli tarzda prognoz qilish hamda uni GAT texnologiyasida vizuallashtirishdir. U orqali ilmiy, texnologik va iqtisodiy sohalarda yangi yechimlar ishlab chiqishga imkoniyat yaratiladi. Natijada, mamlakatning turli hududlari uchun aniq va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma'lumotlar bazasi yaratiladi.GAT texnologiyalari aholi joylashuvini, urbanizatsiya darajasini va boshqa demografik o‘zgarishlarni aniq kartografiyalash imkonini beradi.
Xarita, prognoz yoki loyiha bo'yicha savollar va fikr-mulohazalar uchun biz bilan bog'laning:
aholiprognozi2050@gmail.com
+99871 239-28-35
Toshkent shahri Islom karimov ko'chasi 49-uy